Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mark Pubil Millatlar ligasida Angliya ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan keyin fikr bildirdi.
Ispaniya 2-daqiqada Lamin Yamal goli evaziga hisobni ochdi. Keyin birinchi bo‘limda ikki marta to‘p o‘tkazib yubordi, ammo ikkinchi bo‘limda yana ikki gol urib, g‘alabani saqlab qoldi.
"Hujumda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lsa, o‘ynash juda oson. Biz shunchaki unga to‘pni uzatardik, u esa qandaydir yo‘l bilan vaziyatni hal qilardi. Bor gap shu", — dedi Pubil.
Luis de la Fuente jamoasi 29 sentyabr, seshanba kuni Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.













