O‘tmishdagi taniqli hakam Eduardo Iturralde Gonsales UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Angliya — Ispaniya uchrashuvida Jud Bellingemga berilgan penalti haqida fikr bildirdi.
11 metrlik jarima zarbasi Bellingem Ispaniya terma jamoasi jarima maydonida yiqilganidan so‘ng belgilangan edi.
"Bu penalti emas. Bellingem Rodri bilan kontakt sodir bo‘lishidan oldinoq o‘zini yiqilayotgandek ko‘rsata boshlagan", — deya Iturraldening so‘zlarini keltiradi AS.













