«Manchester Siti»ning APL moliyaviy qoidalarini buzganlik bo‘yicha ishi haqida Roy Kin fikr bildirdi va klubni jazolashga chaqirdi. Komissiya «Manchester Siti»ga qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasida klubni aybdor deb topdi.
Kin Angliya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi uchrashuvi translyasiyasi vaqtida ITV efirida shunday dedi:
"Bu ish juda uzoqqa cho‘zildi. Klubning o‘zi shunday yo‘lni tanladi — u qoidalarni buzishga qaror qildi. Shuning uchun so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan barcha yutuqlari uchun jazolanishi kerak", — dedi Kin.













