Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Ispaniyadan o‘z maydonida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng fikr bildirdi.
"Biz jahon chempioniga qarshi tengma-teng o‘ynadik. Ishonchim komilki, boshqa kuni Angliya Ispaniyani mag‘lub etgan bo‘lardi.
Natija ko‘ngilni qoldirganiga qaramay, bu o‘yinimizdan ijobiy jihatlarni izlashimiz kerak", — deya forvardning so‘zlarini UYEFA matbuot xizmati keltiradi.













