Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Luzan 2026/27 yilgi Millatlar ligasi «To‘rtlik finali»ni o‘tkazish uchun hujjatlar topshirilayotganini tasdiqladi.
Rejaga ko‘ra, final bosqichi o‘yinlari Valyadoliddagi «Xose Sorrilya» va Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionlarida o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvini ham «Real»ning «Santyago Bernabeu» arenasida o‘tkazish rejalashtirilgan.













