«Tixuana» markaziy yarim himoyachisi Xilberto Mora Kolumbiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida Meksika terma jamoasi safida gol urdi.
17 yoshli futbolchi 62-daqiqada hisobni tenglashtirib, jamoasiga mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yordam berdi. Bu Moraning milliy terma jamoa safidagi ilk goli bo‘ldi.
Shu gol orqali Xilberto Mora Meksika termasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U 17 yoshu 11 oy va 12 kunligida gol kiritdi.
Avvalgi rekord 1930 yildan beri saqlanib kelayotgan edi. O‘sha yili jahon chempionatida Argentinaga qarshi 3:6 hisobida yakunlangan uchrashuvda Manuel Rosas 18 yoshu 3 oy va 2 kunligida gol urgan.
Kolumbiyaga qarshi o‘yinda Mora ilk bor Meksika termasi safida 10-raqamli libosda maydonga tushdi.
Bu Xilberto Moraning milliy jamoa safidagi 13-uchrashuvi bo‘ldi. Uning hisobida hozircha 1 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.
Meksikalik yarim himoyachi 2026 yilda o‘z maydonida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham 4 ta o‘yinda ishtirok etgan. Meksika termasi musobaqaning 1/8 finaligacha yetib borib, Angliyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.













