Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike «Arsenal» yarim himoyachisini «PSJ»da ko‘rishni xohlamoqda

Luis Enrike «Arsenal» yarim himoyachisini «PSJ»da ko‘rishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Arsenal» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Subimendining transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Enrike Subimendining «PSJ»ga o‘tish imkoniyatlari oshgan deb hisoblaydi: mavsum boshida futbolchi «Arsenal» tarkibida asosiy o‘yinchi bo‘lmagan. Mikel Arteta klubi taxminan 80 million yevrolik taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Enrike Subimendini o‘z o‘yin uslubi uchun ideal nomzod deb hisoblaydi. Yarim himoyachi pozisiyani yaxshi his qiladi, aniq uzatmalarni amalga oshiradi va hujumkor futbolchilarga qulay vaziyatlarda to‘pni qabul qilib olishga yordam beradi. Murabbiy uchun bu muhim: u «PSJ»ning to‘pga egalik qilishda ustunlik qilishini va maydon markazida o‘yin tuzilmasini saqlab qolishini xohlaydi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Subimendining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:29, 27.09.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик