Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Osiyo o‘yinlari: ikki bokschimiz yarim finalga chiqdi, ikki vakilamiz musobaqa bilan xayrlashdi

Osiyo o‘yinlari: ikki bokschimiz yarim finalga chiqdi, ikki vakilamiz musobaqa bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillari navbatdagi janglarini o‘tkazdi. Kun yakunlariga ko‘ra, Abdumalik Xalokov va Jahongir Zokirov yarim finalga chiqdi, Fazliddin Erkinboyev esa musobaqadagi yurishini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

-60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Abdumalik Xalokov chorak finalda Filippin vakili Junmilarde Ogayrega qarshi jang qildi. Hamyurtimiz uch raund davomida ustunlikni qo‘ldan bermadi va hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

+90 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov ham yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik bokschi tojikistonlik Muhammad Abroriddinovni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Jahon chempioni Fazliddin Erkinboyev esa -80 kg vazn toifasidagi ilk jangidayoq kuchli ishtirok namoyish qildi. Shri-Lanka vakili Yazmin Muhammadga qarshi bellashuv birinchi raunddayoq yakunlandi va Erkinboyev muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Ayollar bahsida esa vakilalarimiz uchun kun omadsiz kechdi.

-54 kg vaznda Nigina O‘ktamova chorak finalda Tailand vakili Natnicha Chongprongklang bilan kuch sinashdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan jangda hakamlar 3:2 hisobida raqibaning g‘alabasini qayd etdi.

-65 kg vaznda Navbahor Hamidova ham yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi. U Hindiston vakili Parvinga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:22, 27.09.2026.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик