Kirish Ro'yxatdan o'tish

Meksika rekordchisi «Real» va «Barselona» e’tiborida

Meksika rekordchisi «Real» va «Barselona» e’tiborida

Baho:
+ | -

Xilberto Mora Meksika terma jamoasi safida tarixiy rekord o‘rnatib, «Real» va «Barselona» e’tiborini yana bir bor o‘ziga qaratdi.

17 yoshli futbolchi Kolumbiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida milliy jamoa safidagi ilk golini urdi. Shu tariqa u Meksika termasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Mora golni chiroyli individual harakatdan so‘ng kiritdi. U jarima maydoniga yorib kirib, ikki himoyachini ortda qoldirdi va to‘pni yaqin burchakka aniq yo‘lladi.

Uning so‘nggi o‘yinlari Yevropaning yetakchi klublari e’tiborini tortishda davom etmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «Real» va «Barselona» «Xolos de Tixuana» yarim himoyachisini kuzatib bormoqda. Futbolchining agenti Rafaela Pimenta kelajakdagi transferda muhim rol o‘ynashi mumkin.

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Mark Krosas ham Moraning imkoniyatlariga yuqori baho berib, uni Meksika futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidlagan.

Yaqinda Mora «Tixuana» bilan shartnomasini uzaytirdi. Biroq xabarlarga ko‘ra, yangi kelishuv kelajakda uning Yevropa klublaridan biriga katta transferini osonlashtirish maqsadida tuzilgan.

Shuningdek, Mora milliy jamoada 10-raqamli libosni kiygan eng yosh futbolchiga ham aylandi.

Kiritildi: 18:12, 27.09.2026.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик