"Barselona" va Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Arda Turan Lamin Yamalni 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun kurashda qo‘llab-quvvatladi.
Turan ijtimoiy tarmoqda Yamalning nufuzli sovrin bilan tushirilgan suratini joylab, 19 yoshli futbolchiga iliq so‘zlar yo‘lladi.
"Sen futbolni quvonch, jasorat va yetuklik bilan o‘ynaysan. Sen futbolni chiroyli qilasan va eng yaxshisiga munosibsan", — deb yozdi Turan.
Ispaniyalik vinger "Oltin to‘p" uchun 30 nafar nomzod ro‘yxatiga kiritilgan.
Sovrinni topshirish marosimi 2026 yil 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.













