Daniya terma jamoasi qanot hujumchisi Patrik Dorgu UYEFA Millatlar ligasida Uelsga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
"Manchester Yunayted" futbolchisi uchrashuvning 30-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Fransiyaning "Reyms" klubi futbolchisi Muhammad Darami maydonga tushdi.
Birinchi bo‘limda Daniya va Uels terma jamoalari hisobni ocha olmadi.
21 yoshli Dorgu joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalar doirasida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.













