Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rednapp "Siti"ni sovrinlardan mahrum qilishga qarshi chiqdi

Rednapp "Siti"ni sovrinlardan mahrum qilishga qarshi chiqdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Garri Rednapp "Manchester Siti"ni moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazolash kerak, deb hisoblaydi.

Avvalroq klub 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan edi.

Qaror "Manchester Siti"ning 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan faoliyati yuzasidan to‘rt yil davom etgan tekshiruvdan keyin qabul qilindi. Klub apellyasiya berishi kutilmoqda, yakuniy jazo esa hali belgilanmagan.

"Manchester Siti" deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani futbol uchun juda katta voqea. Ko‘pchilik adolat tiklanishi kerak, deb hisoblaydi. Men ham shunday fikrdaman", — deb yozdi Rednapp The Sun nashrida.

Shu bilan birga, u o‘tgan mavsumlar natijalarini qayta ko‘rib chiqish va "Siti"ni avval qo‘lga kiritgan sovrinlaridan mahrum qilishga qarshi chiqdi.

"Manchester Siti" jazolanishi va boshqalar uchun saboq bo‘lishi kerak. Ammo sanksiyalar kelgusi yillarga tatbiq etilsa, mantiqan to‘g‘riroq bo‘ladi.

Ular jiddiy jazoga tortilishi shart, lekin o‘tmishga qaytib, avvalgi mavsumlar natijalarini o‘zgartirish aqlsizlik bo‘lar edi", — dedi Rednapp.

Joriy mavsumda "Manchester Siti" APLning dastlabki 5 turidan keyin 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 22:30, 27.09.2026.
O'qildi: 440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик