Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Lammens Kurtua haqida: "U dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri"

Lammens Kurtua haqida: "U dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri"

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" darvozaboni Senne Lammens jamoadoshi Tibo Kurtua haqida fikr bildirdi. Avvalroq Kurtua Millatlar ligasi o‘yinlarida milliy jamoa safida maydonga tushmasligini ma’lum qilgan edi.

"Tibo juda ko‘p yutuqlarga erishgan va dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Terma jamoada u uchun doim joy topiladi.

U qaytganidan keyin asosiy tarkibda kim o‘ynashi haqida o‘ylamayapman. Men darvozada bo‘lamanmi yoki yo‘qmi, har qanday holatda ham qo‘limdan kelgancha harakat qilaman", — dedi Lammens matbuot anjumanida.

Belgiya terma jamoasi keyingi o‘yinini 28 sentyabr kuni Parijda Fransiyaga qarshi o‘tkazadi.

Belgiya Millatlar ligasini Italiya ustidan g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Fransiya birinchi turda Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 22:32, 27.09.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик