Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael van der Vart "apelsinranglar" vingeri Krisensio Sammervill haqida fikr bildirdi.
"Bizda uzoq vaqt davomida haqiqiy o‘ng qanot hujumchisi yo‘q edi. Endi esa bu pozisiyada muammo hal bo‘lgandek.
U gavdasi unchalik katta bo‘lmasa ham, to‘p uchun kurashda juda ishonchli harakat qiladi. Sammervill — bizning muhim qurollarimizdan biri.
Faqat bosh bilan o‘ynash borasida hali ancha ishlashi kerak", — dedi van der Vart.
24 yoshli "Al-Hilol" futbolchisi Niderlandiya terma jamoasi safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ayni paytda Niderlandiya Millatlar ligasida Serbiyaga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida oldinda bormoqda.













