UEFA Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 2-turida Serbiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Belgraddagi "Rayko Mitich" stadionida o‘tgan uchrashuvda Niderlandiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda hisobni 30-daqiqada Meks Merdink ochdi. Niderlandiyalik hujumchi penaltini aniq amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Serbiya javob qaytardi. 46-daqiqada Luka Yovich hisobni tenglashtirdi.
69-daqiqada Merdink yana gol urib, dubl qayd etdi va Niderlandiyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani keltirdi.
1-turda Serbiya Gresiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Niderlandiya esa Germaniya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi — Portugaliya terma jamoasi. Portugallar o‘tgan mavsum finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan. Portugaliya ushbu musobaqada ikki marta chempion bo‘lgan.













