Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rafinya Diasni hujumchi pozisiyasida maydonga tushirishi mumkin.
29 yoshli futbolchi joriy mavsumni «Barselona» safida juda yorqin o‘tkazmoqda. U klubda markaziy hujumchi sifatida harakat qilyapti.
Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning yo‘lidan borib, nominal vinger hisoblangan Rafinyani Hindistonga qarshi yaqinlashib kelayotgan o‘rtoqlik uchrashuvida hujum markazida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv 29 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Rafinya joriy mavsumda «Barselona» safida 8 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliyaning Avstraliyaga qarshi avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvida ham Rafinya maydonga tushgan va «o‘nlik» pozisiyasida harakat qilib, golli uzatma muallifi bo‘lgan.













