Serbiya terma jamoasi hujumchisi Luka Yovich Millatlar ligasi 2-turida Niderlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Serbiya 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoaning yagona golini aynan Yovich urdi.
«Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik va oxirigacha kurashdik, shuning uchun jamoam bilan faxrlanaman.
Gresiyaga qarshi o‘yinda foydalana olmagan vaziyatimdan keyin bu safar gol urganimdan xursandman. Ammo hisobni saqlab qola olmaganimiz yoki yana bir gol urib, natijani tenglashtira olmaganimiz alam qiladi», — deya Yovichning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Bu Serbiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa hozircha guruhda ochko jamg‘ara olmagan.













