Luka Bekkenbauer 2015 yilda otasi Shtefan va 2024 yilda vafot etgan bobosi Fransning bevaqt vafotidan so‘ng oilaviy ishni davom ettirmoqda. Hozirda Luka Myunxenning «Bavariya» klubi bolalar tarkibiga (U13) murabbiylik qilmoqda — u ushbu ishga yaqindagina kirishdi. O‘tmishda u futbolchi sifatida ham to‘p surishga ulgurgan, ammo, afsuski, katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan.
Myunxenning «Bavariya», «Shalke» va «Gannover» yoshlar tarkiblaridan o‘tgach, u «MTV Myunxen» klubida o‘ynadi va shundan so‘ng erkin agent maqomini oldi.
Hozirda Bekkenbauer boshchiligidagi «Bavariya» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va chempionat peshqadami — «Nyurnberg» bilan teng ochkoga ega.













