Vinger Morgan Rojers boshqa klublar tomonidan qiziqish bo‘lganiga qaramay, yozda nima uchun «Chelsi»ga qo‘shilishga qaror qilganini aytib berdi.
«Ushbu klubda ajoyib bir narsani amalga oshirish istiqboli meni juda to‘lqinlantirib yubordi. Albatta, oldinda hali uzoq yo‘l bor va qiladigan ishlarimiz ko‘p, ammo «Chelsi»da g‘alaba qozonish va eng yuqori darajada raqobatlashish imkoniyati meni haqiqatan ham o‘ziga jalb etdi va bu yerga o‘tishni juda xohladim. Mana shuning uchun ham men hozir shu yerdaman», — deydi Rojers.
Morgan Rojers «Aston Villa»dan «Chelsi»ga 138 mln yevro evaziga o‘tdi. Vinger «ko‘klar» bilan 2033 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.













