Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Qozog‘istonlik sportchi Osiyo o‘yinlaridagi oltin medalidan mahrum qilindi

Qozog‘istonlik sportchi Osiyo o‘yinlaridagi oltin medalidan mahrum qilindi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik yengil atletikachi Yasmina Toksanbayeva Yaponiyada o‘tkazilayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida sportcha yurish marafonida qo‘lga kiritgan oltin medalidan mahrum qilindi. Bu haqda sportchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Toksanbayeva 42,195 kilometr masofani 3 soat 22 daqiqa 20 soniyada bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib yetib kelgandi. Biroq keyinchalik uning natijasiga norozilik bildirildi.

Qozog‘iston milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, protest sportchining foydalangan oyoq kiyimlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Osiyo o‘yinlarining rasmiy saytida Toksanbayeva diskvalifikasiya qilingani qayd etildi. Qarorga sabab sifatida sportchining jihozlari bilan bog‘liq reglament bandlari ko‘rsatilgan.

Keyinchalik Toksanbayeva Instagram sahifasida natijasi bekor qilinganini ma’lum qildi.

“Men oltin medalni qo‘lga kiritishni juda xohlagandim. Ammo bu meni orzu sari intilishdan to‘xtatmaydi. Biz oxirigacha kurashdik. Natija bekor qilindi”, deb yozdi sportchi.

Toksanbayeva diskvalifikasiya qilinganidan so‘ng sportcha yurish marafonida oltin medal xitoylik Danjin Syuy Szunga topshirildi. Yana bir xitoylik Li Ma kumush, yaponiyalik Yukiko Umeno esa bronza medaliga ega chiqdi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:20, 28.09.2026.
O'qildi: 1746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик