Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reynders: «Bunday maoshdan voz kechish juda qiyin»

Reynders: «Bunday maoshdan voz kechish juda qiyin»

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders nega Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qaror qilganini tushuntirdi.

Futbolchi «Al-Qodisiya»da unga juda katta maosh taklif qilinganini yashirmadi. Shuningdek, Reynders o‘zini tanqid qilganlarga ham javob berdi.

«U yerda taklif qilinayotgan maosh... Istalgan futbolchi yoki istalgan inson undan voz kechib ko‘rsin. Hammamiz o‘zimizni prinsipial qilib ko‘rsatib, «Men bunga rozi bo‘lmasdim», deyishimiz mumkin. Ammo menimcha, aksariyat odamlar bunday summa uchun «ha» degan bo‘lardi», — dedi Reynders NOS nashriga bergan intervyusida.

Tijani Reynders yozda klubini almashtirishga qaror qildi va Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi. Endi u «Al-Qodisiya» sharafini himoya qilmoqda.

Avvalroq Reynders «Milan»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 16:17, 28.09.2026.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик