Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning 5 nafar bokschisi yarim finalga yo‘l oldi

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning 5 nafar bokschisi yarim finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yaponiyaning Aichi–Nagoya shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining boks musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

-51 kg vazn toifasida Feruza Kazakova chorak finalda shimoliy koreyalik An Kum Byolga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan jangda hamyurtimiz xarakter ko‘rsatib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Endi Kazakovani yarim finalda amaldagi Olimpiada chempioni, xitoylik Yu Vu kutib turibdi.

-70 kg vazn toifasida Shavkatjon Boltayev xitoylik Li Guofenga qarshi jang qildi. Bahs davomida aniqroq va faol harakat qilgan Boltayev hakamlar qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida zafar quchdi. U yarim finalda qozog‘istonlik To‘rexan Sabirxon bilan kuch sinashadi.

-60 kg vazn toifasida Sitora Turdibekova mo‘g‘ulistonlik Namuun Monxorga qarshi ringga chiqdi. Qiziqarli va keskin kechgan jangda Turdibekova 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi. Uning navbatdagi raqibi Olimpiada chempioni, xitoylik Lin Yu Ting bo‘ladi.

-90 kg vazn toifasida jahon chempioni To‘rabek Xabibullayev qozog‘istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang o‘tkazdi. Markaziy Osiyo vakillari o‘rtasidagi murosasiz bahsda Xabibullayev 3:2 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga yo‘l oldi.

Ayollar o‘rtasida -75 kg vazn toifasida Aziza Zokirova esa chorak finalda qozog‘istonlik jahon chempioni va Osiyo o‘yinlari vise-chempioni Natalya Bogdanovaga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli kechgan jang yakunida Zokirova 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini chorak finalda yakunladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston bokschilari yarim finalga chiqqanlar soni bo‘yicha turnirdagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan terma jamoalardan biri bo‘lib, 7 nafar vakil bilan ushbu bosqichga yetib keldi. Xitoy ham 7 nafar bokschi bilan yarim finalda ishtirok etadi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston — 6, Qozog‘iston — 5, Yaponiya — 4 nafar.

Yarim finalga chiqqan bokschilar soni:

O‘zbekiston — 7
Xitoy — 7
Hindiston — 6
Qozog‘iston — 5
Yaponiya — 4
Tojikiston — 2
Janubiy Koreya — 2
Shimoliy Koreya — 2
Iordaniya — 2
Vyetnam — 2
Xitoy Taypeyi — 2
Filippin — 1
Eron — 1
Tailand — 1

Ertaga yana 3 nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Yarim final janglari:

-60 kg: Abdumalik Xalokov — Shunsuke Kitamoto (Yaponiya) — 10:00
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev — Ankush (Hindiston) — 10:30
+90 kg: Jahongir Zokirov — Amir Esmayeili (Eron) — 12:15

Bahslar Toshkent vaqti bilan 09:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:35, 28.09.2026.
O'qildi: 1617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик