Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasidagi navbatdagi raqib — Xorvatiya terma jamoasi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Xorvatiya — raqobatbardosh jamoa. Ammo eng muhimi, xorvatlarning o‘zi ham bunga ishonishi kerak. Aks holda ular maydonga tushmagan bo‘lardi.
Ideal raqib bo‘lmaydi. Haqiqat shuki, hatto maydonda ustunlik qilgan holda ham mag‘lub bo‘lishing mumkin.
Biz Angliyaga qarshi o‘yindagidan ham sifatliroq futbol ko‘rsatishimiz kerak", — deya de la Fuentening so‘zlarini Diario AS keltiradi.
Ispaniya va Xorvatiya o‘rtasidagi Millatlar ligasi 2-tur uchrashuvi 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 23:45 da boshlanadi.













