Rossiya terma jamoasi va "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Saudiya Arabistoni chempionatidan tushgan taklif haqida fikr bildirdi.
"Agar "Monako"dan ketadigan bo‘lsam, ehtimol, birinchi navbatda uyga qaytishni xohlaganim uchun ketaman. Yoki Yevropada boshqa yo‘nalishda harakat qilish mumkin. Saudiya Arabistoni esa ikkinchi darajali variant", — deya futbolchining so‘zlarini "RB Sport" keltiradi.
30 yoshli yarim himoyachi "Monako" safida 2018 yil yozidan beri to‘p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Golovinning bozor qiymati 18 million yevro deb baholanmoqda.
Joriy Liga 1 mavsumida Aleksandr 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.













