Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Anchelotti Rafinyaga sardorlik bog‘ichini ishonib topshirdi

Anchelotti Rafinyaga sardorlik bog‘ichini ishonib topshirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Avstraliyaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi.

“Selesao”ning asosiy sardorlaridan biri Markinyos mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlamadi. Shu bois bosh murabbiy Karlo Anchelotti sardorlik bog‘ichini Rafinyaga ishonib topshirdi. Braziliyalik futbolchi “Barselona”da ham sardorlik vazifasini bajarib kelmoqda.

Anchelotti Rafinyaning nafaqat maydondagi o‘yini, balki jamoa ichidagi ta’siri ham oshib borayotganini ta’kidladi.

“Rafinya o‘z o‘yinini yangi darajaga olib chiqmoqda. U yetakchilik sifatlari bilan ham bizga yordam bera oladi”, — deya futbolchini maqtadi italiyalik mutaxassis.

29 yoshli hujumchi ayni paytda faoliyatidagi eng sermahsul davrlardan birini o‘tkazmoqda. Joriy mavsumda “Barselona” safida markaziy hujumchi sifatida ham harakat qilayotgan Rafinya dastlabki 8 ta uchrashuvda 14 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:19, 29.09.2026.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик