Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti»ga har mavsum 20-25 ochko jarima qo‘llash taklif qilindi

«Manchester Siti»ga har mavsum 20-25 ochko jarima qo‘llash taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topildi. Endi Premyer-liga top-klubiga jazo qo‘llanilishi mumkin, ammo uning qanday bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

Shu bilan birga, «shaharliklar» mustaqil komissiya qaroridan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda. Shu sababli ish bo‘yicha jarayon yana ma’lum muddatga cho‘zilishi mumkin.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Premyer-liga klublaridan birining sobiq rahbari «Manchester Siti»ni qanday jazolash mumkinligi haqidagi variantni oshkor qildi.

Unga ko‘ra, jamoani yuqori divizionda qoldirish, ammo 3-5 yil davomida har bir mavsum boshida 20-25 ochkodan mahrum qilish mumkin.

Bunday jazo qo‘llanilsa, «Manchester Siti» uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ancha qiyinlashadi.

Kiritildi: 16:24, 29.09.2026.
O'qildi: 1605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик