Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Manchester Yunayted" himoyachisi terma jamoada jarohat oldi

"Manchester Yunayted" himoyachisi terma jamoada jarohat oldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik uchun noxush xabar. "Qizil iblislar" himoyachisi Nussair Mazraui Marokash terma jamoasining Lesotoga qarshi o‘yinida jarohat oldi.

Marokash Afrika millatlar kubogi saralashi doirasidagi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazraui ikkinchi bo‘limda jarohat sabab almashtirildi.

Futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekani tibbiy tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

2026/27 mavsumida Nussair Mazraui "Manchester Yunayted" safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan va hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmagan.

Ayni paytda "Manchester Yunayted" Premyer-liga turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 22:02, 29.09.2026.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик