Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Al-Xelaifiy: "JCH futbolchilarining uchdan ikki qismi Yevropa klublaridan edi"

Al-Xelaifiy: "JCH futbolchilarining uchdan ikki qismi Yevropa klublaridan edi"

Baho:
+ | -

2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan barcha futbolchilarning qariyb 70 foizi Yevropa klublari sharafini himoya qiladi. Bu haqda "PSJ" prezidenti Nosir al-Xelaifiy ma’lum qildi.

Uning hisob-kitobiga ko‘ra, Yevropa klublari mundialga 857 nafar futbolchi yuborgan, turnirda qatnashgan 48 ta terma jamoaning 33 tasi esa Yevropa vakillari bo‘lgan.

"Umid qilamanki, odamlar nihoyat klublarning qiymatini tushunib yetadi. Biz futbolchilarimizning terma jamoalarda o‘ynayotganidan faxrlanamiz", — deya Al-Xelaifiyning so‘zlarini jurnalist Ben Jeykobs keltiradi.

"PSJ" rahbari, shuningdek, UEFA prezidenti Aleksander Cheferinni yangi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga chaqirdi.

O‘z navbatida, Cheferin shayxga FIFA prezidenti lavozimi uchun o‘z nomzodini ilgari surishni taklif qilgan.

Kiritildi: 23:37, 29.09.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик