Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sitora Turdibekova Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga ega chiqdi.
-60kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova yarim final bosqichida xitoy taypeyilik Lin Yu Tingga qarshi bahs yuritdi.
Ushbu vazn toifasida amaldagi Olimpiada chempioniga qarshi Sitora bor imkoniyatini ishga soldi. Biroq tajribali Lin Yu Ting bu safar ham 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa Sitora Turdibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi.













