Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Bellingem Angliya tarixidagi uchinchi eng yosh sardor bo‘ldi

Bellingem Angliya tarixidagi uchinchi eng yosh sardor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh sardorlardan biriga aylandi.

23 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi o‘yinda 71-daqiqada Garri Keyn o‘rniga maydonga tushdi va undan sardorlik bog‘ichini qabul qilib oldi.

Madrid Zone ma’lumotiga ko‘ra, Bellingem Angliya terma jamoasi tarixida Bobbi Mur va Maykl Ouendan keyingi uchinchi eng yosh sardor bo‘ldi.

Angliya Chexiyani Entoni Gordon va Garri Keynning gollari evaziga 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tomas Tuxel jamoasi navbatdagi uchrashuvini 3 oktyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Bellingem 2020 yildagi debyutidan buyon Angliya terma jamoasi safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 12 ta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 09:57, 30.09.2026.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик