Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiyaga qarshi o‘tgan uchrashuvda 19 yoshli vinger Lamin Yamalning o‘yinini yuqori baholadi. Futbolchi ushbu bahsda dubl qayd etdi.
"Lamin butun dunyoga o‘z darajasini isbotlashda davom etmoqda. Yamal shunchalik kamtar yigitki, bu uni yanada yaxshiroq futbolchi qiladi.
Biz uning terma jamoa manfaatiga xizmat qilayotgan sehridan zavqlanyapmiz. Kelajakda uning jamoaviy harakatlarga qo‘shgan hissasi juda yuqori baholanadi", — deya mutaxassisning so‘zlarini Marca keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Xorvatiyani 4:1 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi.













