Kirish Ro'yxatdan o'tish

Viviano «Milan» Ramushdan to‘g‘ri foydalanmayotganini aytdi

Viviano «Milan» Ramushdan to‘g‘ri foydalanmayotganini aytdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Emiliano Viviano «Milan» hujumchisi Gonsalu Ramushning sermahsulligi haqida fikr bildirdi.

«Bunga mutlaqo ishonaman: agar Gonsalu Ramush shu o‘yinlarni “Yuventus” safida o‘tkazganida, chempionatda hozirga qadar 5 ta gol urgan bo‘lardi. Buni sizga chin dildan aytyapman», — deya Vivianoning so‘zlarini Cronache di Spogliatoio keltirdi.

Viviano, shuningdek, portugaliyalik hujumchining samaradorligini oshirish uchun «Milan» o‘yin uslubida ayrim o‘zgarishlar qilishi kerakligini ta’kidladi.

«Agar jamoa to‘pni uzoqroq nazorat qilib, o‘yinni raqib maydoniga ko‘proq ko‘chira olsa, Ramushga jamoaga yordam berish uchun tez-tez ortga qaytishga to‘g‘ri kelmaydi. U jarima maydonida juda kuchli. Buni Portugaliya terma jamoasi safida va jahon chempionatida ham ko‘rsatgan», — dedi Viviano.

Joriy Italiya chempionatida Ramush 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:38, 30.09.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик