Zagrebning «Dinamo» klubiga tegishli bo‘lgan 19 yoshli xorvatiyalik himoyachi Noa Mikich Yevropa transfer bozorida bir qator klublar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Leverkuzenning «Bayer» klubi iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Mikichni «Nyukasl», «Brentford», «Xall Siti» va «Ipsvich» klublari ham kuzatib bormoqda.
Mikichning Zagreb klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 400 ming yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsum Xorvatiya chempionatida Noa beshta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka oldi.













