Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» yana bir himoyachisidan uzoq muddatga ayrilishi mumkin

«Real» yana bir himoyachisidan uzoq muddatga ayrilishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Raul Asensio jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi mumkin. Marca xabariga ko‘ra, operasiya o‘tkazilsa, futbolchi ikki oydan uch oygacha maydonga tusha olmasligi ehtimol qilinmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» tarbiyalanuvchisini boldir sohasidagi og‘riq bezovta qilmoqda. Jarrohlik amaliyoti bo‘yicha yakuniy qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi mumkin.

Qayd etilishicha, Asensio ushbu jarohatdan joriy yilning yanvar oyidan buyon, ya’ni qariyb to‘qqiz oy davomida aziyat chekib kelmoqda.

Terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan uch haftalik tanaffus paytida himoyachi operasiyadan qochish va jarohatni boshqa usullar bilan davolash uchun so‘nggi bor urinib ko‘rgan.

Asensioni bunga asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyati ham undagan. Chunki uning pozisiyasidagi raqobatchilar — Din Xyoysen, Ibraima Konate va Eder Militao jarohat yoki diskvalifikasiya sabab safdan chiqqan.

Biroq konservativ davolash va tiklanish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan choralar kutilgan natijani bermagan.

Kiritildi: 13:37, 30.09.2026.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик