«Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi va jamoada qolish qarori u uchun aniq bo‘lganini ta’kidladi.
«Albatta, juda ko‘p mish-mishlar bo‘ldi. Ammo men mavsumoldi tayyorgarligini to‘liq o‘tkazdim va hammasi yaxshi kechdi. Bor e’tiborimni “Arsenal”ga qaratgan edim.
Men uchun jamoada qolish aniq qaror edi. Bu klubda juda baxtliman.
Ko‘p o‘yinda maydonga tushmadim, ammo bir nechta uchrashuvda ishtirok etdim. Umuman olganda, hammasi joyida. Lekin, tabiiyki, men futbol o‘ynashni va imkon qadar ko‘proq maydonga tushishni xohlayman. Umid qilamanki, shunday bo‘ladi. Futbolchi sifatida sen doimo maydonda bo‘lishni istaysan.
Albatta, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni kutasan. Ammo jamoamiz tarkibi juda kuchli, bizda yuqori saviyali futbolchilar ko‘p va mavsumni ham yaxshi boshladik», — dedi Dyokeresh.
Yozda Viktorning «Atletiko»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu Xulian Alvares transferi doirasidagi ehtimoliy kelishuv bilan bog‘langan.
Xabarlarga ko‘ra, «Arsenal» argentinalik hujumchi evaziga Madrid klubiga taxminan 50 million yevro va Dyokereshni taklif qilgan.













