Angliya terma jamoasi va Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Jarell Kuansa yozgi transfer oynasida Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Avgust oyida «kanonirlar» futbolchi uchun 65 million yevro taklif qildi, ammo Germaniya tomoni bu taklifni rad etdi. Kutilishicha, yanvar oyida «Arsenal» yangi taklif bilan yana murojaat qiladi. Amaldagi APL chempionining raqobatchisi «Chelsi» bo‘ladi.
23 yoshli himoyachi o‘tgan yil yozidan beri Leverkuzen klubida o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Bundesliganing joriy mavsumida Jarell 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.













