Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Ronaldu va Jezush: mojaro bartaraf etildi

Ronaldu va Jezush: mojaro bartaraf etildi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoaning 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Millatlar ligasining Norvegiyaga qarshi 2-tur uchrashuvida (2:1) Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilmagan edi. Bundan tashqari, hujumchi butun o‘yinni zaxirada o‘tkazdi. Shundan so‘ng Ronaldu jamoa mashg‘ulotini boykot qildi.

Biroq Observador ma’lumotiga ko‘ra, Jezush Ronaldu bilan suhbat o‘tkazgan va tomonlar barcha masalalarni hal qilgan. Futbolchi va murabbiy keyingi uchrashuvlarga e’tibor qaratishga qaror qilgan, ammo Jezush Ronalduga asosiy tarkibdan joy kafolatlamagan.

1 oktyabr kuni Portugaliya safarda Daniyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 2 oktyabr soat 00:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 15:09, 30.09.2026.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик