Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

APLning ikki klubi 100 million yevrolik argentinalik futbolchini sotib olmoqchi

APLning ikki klubi 100 million yevrolik argentinalik futbolchini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Argentinalik vinger Janluka Prestianni, huquqlari Lissabonning «Benfika» klubiga tegishli bo‘lib, Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish doirasiga tushdi.

Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 20 yoshli futbolchini Londonning «Tottenxem» va Birmingemning «Aston Villa» klublari qo‘lga kiritmoqchi.

Prestiannining «Benfika» bilan shartnomasida tovon puli 100 million yevro etib belgilangan. Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Portugaliya chempionatining joriy mavsumida Janluka 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:44, 30.09.2026.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик