«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Merson «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzgani bo‘yicha ishi yuzasidan ehtimoliy oqibatlar haqida fikr bildirdi.
«Rostini aytsam, bu holat yoqimsiz taassurot qoldiradi. Avvalo, menimcha, ularning barcha sovrinlari olib qo‘yilishi kerak.
Gap biz haqimizda emas. Masala shundaki, 50, 60 yoki 70 yildan keyin farzandlarimiz va nabiralarimiz futbol tarixiga nazar tashlab, “Manchester Siti”ning ustunlik qilganini ko‘rishadi. Ammo klub qandaydir qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani tarixda qayd etilmasligi mumkin», — dedi ekspert.













