Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Brayan Rimerning so‘zlariga ko‘ra, muxlislar Krishtianu Ronalduni kam baholaydilar. Daniya terma jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqichida Portugaliya bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliyaning Angliyaga qarshi ochilish o‘yinida zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. U o‘yin davomida maydonga tushmadi.
"Menimcha, u odamlar kam baholaydigan o‘yinchi - uning jamoadagi ahamiyati. Ishonchim komilki, u terma jamoadan ketgan kuni iyerarxiyada katta muammo yuzaga keladi", dedi murabbiy TV2 telekanalida.
Rimer Ronaldu kiyinish xonasini nazorat qiladi va terma jamoaga chaqirilganiga mutlaqo haqli deb hisoblaydi.













