Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Torres Ispaniya terma jamoasida Olmoni «PSJ»ga o‘tishga ko‘ndirishga urinmoqda

Torres Ispaniya terma jamoasida Olmoni «PSJ»ga o‘tishga ko‘ndirishga urinmoqda

Baho:
+ | -

Yaqinda matbuotda Ferran Torres Pedrini o‘z yo‘lidan borib, «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi El Nacional Torres kataloniyaliklarning yana bir futbolchisi — Dani Olmoni ham Parij klubida ko‘rishni istayotganini ma’lum qildi.

«Luis Enrike Nosir Al-Xelayfiyga ushbu transfer imkoniyatini ko‘rib chiqishni hech ikkilanmay tavsiya qilgan, Ferran esa vositachi vazifasini bajarmoqda. Ular Ispaniya terma jamoasi qarorgohida birga ekanidan foydalanib, Torres Olmoga bu g‘oyani allaqachon taklif qilgani aytilmoqda», — deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, Dani Olmoni transfer haqida o‘ylashga undashi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri — uning ayni paytda «Barselona»ning asosiy tarkibidagi o‘rni kafolatlanmaganidir.

Shuningdek, 28 yoshli futbolchiga «Bavariya» va Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali Dani Olmoning transfer qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:02, 30.09.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик