Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Tuxel Keyn Angliya terma jamoasi safida 100 ta gol urishi mumkin deb hisoblaydi

Tuxel Keyn Angliya terma jamoasi safida 100 ta gol urishi mumkin deb hisoblaydi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa sardori Xarri Keyn yaqin orada milliy terma jamoa safida 100 ta gol urish ko‘rsatkichiga yetishi mumkin deb hisoblaydi. Hozirda 33 yoshli hujumchi Angliya safida 87 ta gol urgan.

Chexiyaga qarshi o‘yinda (2:0) gol urganidan so‘ng Keyn terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 8-o‘ringa ko‘tarildi.

«U yaqinlashmoqda. U yana gol urdi. Endi 13 ta gol qoldi», — deya Tuxelning so‘zlarini Goal keltirmoqda.

Keyn haqiqatan ham 100 ta gollik marraga yetishi mumkinmi, degan savolga murabbiy:

«13 ta o‘yin. Boshqa Xarri Keyn bo‘lmaydi. U eng yuqori darajadagi eng yaxshi to‘purar», — deb javob berdi.

Keynning o‘zi esa kelajak haqida juda uzoq o‘ylamaslikka harakat qilishini aytdi.

«Terma jamoa safida 100 ta gol — shubhasiz, juda o‘ziga xos natija bo‘lar edi. Hozircha esa jamoadoshlarim bilan maydonga chiqib, uch sher tasviri tushirilgan futbolkani kiyishdan zavq olyapman».

Angliya terma jamoasi keyingi o‘yinini 3 oktyabr kuni Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 04:26, 01.10.2026.
O'qildi: 383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик