Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Portu» Kris Smolling bilan shartnoma imzoladi

«Portu» Kris Smolling bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kris Smolling «Portu» bilan 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

36 yoshli futbolchi Portugaliya klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Smolling professional faoliyatini «Fulxem»da boshlagan, 2010 yilda esa «Manchester Yunayted»ga o‘tgan. Himoyachi «MYU» safida to‘qqiz mavsum davomida 324 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan. U ikki marta Angliya chempioni bo‘lgan, shuningdek, Yevropa Ligasi, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi va uchta Superkubokni qo‘lga kiritgan.

2019 yilda Smolling «Roma»ga o‘tdi va u yerda besh mavsum o‘tkazdi. Italiya klubi bilan u 2021/22 yilgi mavsumda Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqdi va turnirning ramziy terma jamoasidan joy oldi. Angliyalik futbolchi so‘nggi ikki mavsumini Saudiya Arabistonining «Al-Fayha» klubida o‘tkazdi.

Angliya terma jamoasi safida Smolling 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U 2014 yilgi jahon chempionati va 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

Kiritildi: 04:48, 01.10.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик