Fransiyalik murabbiy Kristof GaltYE, hozirda Saudiya Arabistonining «Neom» klubini boshqarayotgan mutaxassis, «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lar edi, degan savolga javob berdi.
60 yoshli mutaxassisning fikricha, sovrin «PSJ»ni ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasida g‘oliblikka olib kelgan futbolchilardan biriga nasib etishi kerak.
«Men juda ham «PSJ» vakili «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini xohlardim. Agar sovrinlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Fabian Ruis bu mukofotga eng ko‘p loyiq. Agar o‘yin darajasi haqida gapiradigan bo‘lsak, menimcha, eng yaxshisi Usmon Dembele bo‘ldi, garchi u ko‘p o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa ham. Xvicha Kvarasxeliya ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. «Oltin to‘p» shu uch futbolchidan biriga berilsa, bu adolatli bo‘ladi», — deya Galtyening so‘zlarini keltiradi Le Meilleur du PSG.
Galtye 2022–2023 yillarda Parij klubiga murabbiylik qilgan.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabrga belgilangan.













