«Real» Madrid himoyachisi Din Xyoysendan jamoasi bilan Ispaniya terma jamoasi o‘rtasidagi farq haqida so‘rashdi. Futbolchi esa biroz dovdirab qolib, jurnalistlarga aniq javob bera olmadi.
"Real" bilan Ispaniya terma jamoasi o‘rtasida qanday farq bor? Bilmayman", — deya futbolchining so‘zlarini keltirdi Actu Foot akkaunti.
Ispaniya terma jamoasi so‘nggi uchrashuvida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushdi. «Qizil furiya» 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Xyoysen mazkur bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.













