Portugaliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun intizomiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
41 yoshli hujumchi bir oydan olti oygacha muddatga diskvalifikasiya qilinishi, shuningdek, 500 yevrodan 1000 yevrogacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Avvalroq Ronaldu mojaroli harakatidan so‘ng Madridga uchib ketgani ma’lum bo‘lgan edi.
Krishtianu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan.
Klub miqyosida besh karra «Oltin to‘p» sohibi Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida to‘p tepmoqda.













