Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonda futbol hakamligini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

O‘zbekistonda futbol hakamligini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti tomonidan mamlakatda hakamlik tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berildi.

Bu yo‘nalishda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Farhod Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Farhod Abdullayev 2021–2026 yillarda Saudiya Arabistoni futbol federasiyasining Hakamlar departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u 15 yildan ortiq vaqt davomida FIFA va OFK hakamlar eksperti sifatida ishlagan.

Mutaxassis 2018, 2022 va 2026 yilgi jahon chempionatlari uchun hakamlarni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etgan. 2011 yildan buyon 50 dan ortiq mamlakatda FIFA va OFKning 170 dan ziyod kurs va seminarlarini o‘tkazgan. Uning hakamlik sohasidagi umumiy tajribasi 30 yildan oshadi.

O‘FA prezidenti Farhod Abdullayevga hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani O‘zbekiston hakamlik maktabiga keng joriy etish, shuningdek, VAR tizimini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar yukladi.

Ushbu chora-tadbirlar orqali O‘zbekistonda hakamlik sifatini yangi bosqichga olib chiqish va xalqaro maydonda raqobatbardosh hakamlar avlodini tayyorlash maqsad qilingan.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 12:33, 01.10.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик