Diario AS xabariga ko‘ra, Portugaliya futbol federasiyasi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini kutgan.
Federasiya Roberto Martines o‘rniga yangi bosh murabbiy izlayotgan paytda aksariyat nomzodlarga Ronaldu milliy jamoaga qaytmasligi mumkinligini ma’lum qilgan.
Biroq 41 yoshli futbolchining kelajagi borasida hech qanday bayonot bermagani Jorje Jezushni uni Millatlar ligasi uchun tarkibga chaqirishga undagan.
Endilikda Ronaldu yana OAV diqqat markaziga tushdi. U o‘yin amaliyoti yetarli emasligi sabab Jezush bilan kelishmovchilikka borganidan keyin Portugaliya terma jamoasi qarorgohini musobaqa jarayonining o‘rtasida tark etdi.
So‘nggi voqealardan keyin ko‘pchilik Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida taxmin qilmoqda.













