Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL futbolchilari "Manchester Siti"ga qarshi da’vo kiritishi mumkin

APL futbolchilari "Manchester Siti"ga qarshi da’vo kiritishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi klublari futbolchilari va ularning vakillari "Manchester Siti"ga qarshi ehtimoliy da’volar kiritish imkoniyatini baholash uchun huquqshunoslarga murojaat qildi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Gap futbolchilar "Manchester Siti"ning natijalari sabab ololmay qolgan ehtimoliy bonuslar haqida ketmoqda. Xususan, APL chempionligi yoki yevrokuboklarga yo‘llanma uchun nazarda tutilgan mukofot pullari shular jumlasidan.

Shuningdek, moliyaviy yo‘qotishlarga uchragan klublarning sobiq murabbiylarida ham da’vo kiritish uchun asoslar bo‘lishi mumkin.

APLning mustaqil komissiyasi "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topdi.

Hozircha klubga qanday jazo qo‘llanishi aniq emas.

Kiritildi: 23:01, 01.10.2026.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик