Madridning «Real» klubi himoyachisi Raul Asensio o‘ng oyoq katta boldir suyagi sinishi sababli operasiya qilindi.
23 yoshli futbolchining jarrohlik amaliyoti payshanba kuni o‘tkazilib, muvaffaqiyatli yakunlangan.
"Bir necha oy davomida tiklanish uchun harakat qildim. Sinishdan keyin sog‘ayish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim, ammo operasiya o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi. Muvaffaqiyatli o‘tgan operasiya va bu jarayon davomida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun klub tibbiy xizmati hamda doktor Lousga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman.
Endi esa har qachongidan ham kuchliroq holda qaytish va dunyoning eng buyuk klubi sharafini yana himoya qilish haqida o‘ylayapman", — dedi Asensio.













